RHEUM TURIGA KIRUVCHI O`SIMLIKLARNING TARKIBI VA ISHLATILISHI
Main Article Content
Аннотация:
Tabiiy preparatlar ko‘p komponentli tarkibi bilan ajralib turadi va shu jihatdan ular organizmga kompleks hamda ko‘p yo‘nalishli farmakologik ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Fitopreparatlarning biologik faol moddalarga boyligi ularning terapevtik samaradorligini oshirish bilan birga, nojo‘ya ta’sirlar xavfini nisbatan kamaytirishi mumkin. Shu sababli so‘nggi yillarda o‘simlik xomashyosi asosida yaratilgan preparatlarni chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida tabiiy holda o‘suvchi Rheum tataricum L. o‘simligi biologik faol birikmalarga boyligi bilan ajralib turadi hamda xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llanib kelinadi. Mazkur o‘simlikning quruq ekstrakti tarkibi va uning farmakologik xususiyatlarini ilmiy asosda baholash yangi samarali va xavfsiz fitopreparatlar yaratish imkonini beradi. Shu munosabat bilan, Rheum tataricum L. quruq ekstraktining farmakologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar bo‘yicha mavjud ilmiy manbalar tahlil qilindi va adabiyotlar sharhi amalga oshirildi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Jumashova GT, Sakipova ZB, Kislichenko VS, Novosel EN, Kurbatova NV, Aldasugurova ChJ. Farmakognosticheskiy analiz korney revenya serdtsevidnogo (Rheum cordatum Losinsk.) [dissertatsiya]. Almaty (KZ): NAO Kazakhskiy Natsionalniy Meditsinskiy Universitet im. S.D. Asfendiyarova; 2021. 143 b.
Kurmanbayeva, M.S., Terletskaya, N.V., et al. Comparative Analysis of the Anatomical and Morphological Features of Rheum tataricum L. Plants from Different Ecopopulations. Eurasian Journal of Ecology, 79(2), 127–134. doi:10.26577/EJE.2024.v79.i2-012.
Pazylbekova Z.T., Zhollibekov B., Akseitov Z., Saparova G., Abdimukhamedalieva I. Determination of bioecological properties and seed germination of Rhubarb (Tartarian Rhubarb) growing in Karakalpakstan // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. – 2022. – Vol.5
Semenyuta KN. Farmakognosticheskoe issledovanie predstaviteley roda Rheum L. [dissertatsiya]. Orenburg (RU): Orenburg State Medical University; 2018.
Terletskaya, N. V., Kurmanbayeva, M. S., Gemejiyeva, N. G., Karzhaubekova, Z. H., Kudrina, N. O., & Yerbay, M. (2024). Comparative analysis of the anatomical and morphological features of Rheum tataricum L. plants from different ecopopulations. Ecology Series Bulletin. https://doi.org/10.26577/EJE.2024.v79.i2-012.
Музичкина П.А. Биолого-химическая характеристика видов рода Rheum : дис. … канд. биол. наук. – [Москва], 2017.

