CHET TILI TA’LIMIDA NAZORAT ISHLARINI YARATISHNING ILMIY-PEDAGOGIK TAMOYILLARI
;
nazorat ishi, baholash, bilim, o‘quvchi, o‘qituvchi, diagnostika, o‘zlashtirish, ko‘nikma, test, kommunikativ yondashuv.Abstrak
Chet tili ta’limida nazorat ishlarini ishlab chiqish va qo‘llash jarayoni ta’lim sifati va o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini baholashda muhim o‘rin tutadi. Nazorat shakllarini tanlashda asosiy tamoyil – ularning sinovdan o‘tkaziladigan nutq faoliyati turlariga adekvatligidir. O‘qituvchi o‘quv jarayonining joriy bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tizimli kuzatish, ularning o‘quv faoliyatidagi faolligi, nutqiy tafakkuri hamda o‘zlashtirish dinamikasini aniqlash orqali samarali diagnostika olib boradi. Joriy va davriy nazorat turlari o‘qituvchiga o‘quvchining bilim darajasi, chet tilidagi amaliy nutq ko‘nikmalari, ta’lim jarayoniga munosabati hamda mustaqil fikrlash qobiliyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.
Iqtiboslar
Achilova, D. (2025). Pedagogik diagnostika va baholashning zamonaviy usullari. Toshkent: O‘qituvchi.
Davronova, M. (2022). Monitoring va baholash tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari. Tashkent: Fan.
Moydinova, E. (2024). Bo ‘lajak ingliz tili o ‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tuzilmasining tahlili. Лингвоспектр, 1(1), 36-41.
Nishonov, A. (2015). Pedagogik nazorat va baholash tizimining rivojlanish bosqichlari. Samarqand: SamDU nashriyoti.
To‘xtayeva, S. (2022). Ta’lim samaradorligini baholashda zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Innovatsiya.
Zaretskiy, M. I., Kulibaba, I. I., Lerner, I. Ya., Perovskiy, E. I., Runovskiy, S. I., Skatkin, M. N., & Strezikosin, V. P. (2018). Pedagogicheskiye osnovy kontrolya i otsenki znaniy. Moskva: Prosveshcheniye.
Мойдинова, Э.К. (2021). Особенности профессиональной компетентности будущих учителей Узбекистана. Экономика и социум, (1-2 (80)), 241-245.