PARALLEL MATNLAR KORPUSINI YARATISHNING AMALIY VA NAZARIY AHAMIYATI
Ключевые слова:
Korpus, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasi, parallel matnlar korpusi, chog‘ishtirma aspekt, badiiy asar bo‘yicha parallel matnlar korpusi.Аннотация
Korpuslar, birinchi navbatda, lingvistik tadqiqotlar uchun ma’lumotlar bazasidir. Tilning mavqeini oshirish, ijtimoiy funksiyalarini kengaytirish, kommunikatsiyadagi o‘rnini belgilash, axborot asri talablariga muvofiq ravishda takomillashtirishga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi texnik imkoniyatlardan foydalangan holda milliy tillarning umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish, shu asosda tilning semantik imkoniyatlarini, mazmun ifodalash ko‘lamini belgilash global taraqqiyotning dolzarb masalalaridan biridir. Har bir tilda yaratilgan matnlar korpusi, birinchi navbatda, shu tilning lug‘at boyligini aks ettirishga xizmat qiladi. Grammatik va uslubiy xususiyatlarini aks ettiradi. Jumladan, Parallel matnlar korpusi tarjima qilinayotgan tillar o‘rtasidagi lakunar hamda realiya birliklarni to‘liq ifodalash imkonini beradi. Ushbu maqolada parallel matnlar korpusining ahamiyati haqida fikr yuritilgan.
Библиографические ссылки
Hamroeva Sh. M. Ŭzbek tili mualliflik korpusini tuzishning lingvistik asoslari: Filol. fan. f. d. (PhD) dis. avtoref. – Qarshi, 2018. –B.9
Baranov A.N. Vvedenie v prikladnuyu lingvistiku. - M.: Editorial URSS, 2001.-S.61.
Po‘latov A. Kompyuter lingvistikasi. –T., 2011;
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. –Toshkent: Akademnashr, 2011. –B.117