ARAB TILIDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIYALAR: “MING BIR KECHA” ASOSIDA TAHLIL
Keywords:
Frazeologiya, frazeologik birikmalar, frezeologik sistema, somatik frazeologik birliklar, koʻchma ma’no.Abstract
Til sistema sifatida butun jahon tilshunosligida oʻrganish imkoniyatlarini yanada keng yoritayotgan fandir. Tildan amaliy foydalanish, til masalalarini inson omili va ijtimoiy vazifalar bilan bogʻlab talqin qilish masalalari dolzarblik kasb etmoqda. Jahon xalqlarining manfaati va dunyoda inson omiliga e’tibori tildan, ayniqsa, milliy tildan unumli va oʻziga xos xususiyatlariga tayanib ish olib borishni taqozo etadi. Xalqning ma’naviy qiyofasi va tafakkurini rivojlantirishda til va adabiyotning oʻrni beqiyosdir. Zero, milliy til va adabiyot xalqning mentalital qiyofasini vujudga keltiradi.
References
SH.H.Nurmamatova. Fil.f.d.diss.avtoreferati.(2021),2-B.
M.I.Gadoyeva. Somatizm frazeologik birliklarning konseptual tahlili. NamDu ilmiy axborotnomasi, (2020 yil, 12-son)
Q.Кarimov.Qutadgʻu bilig. Oʻzbekiston,Т.(1971),5,14-B.
B.I.Boltayeva. Oʻzbek tili frazeologik birliklarning transformatsiyasi. Dessetatsiya avtoreferati.(2019) 13-B.
Yoʻldoshev.B, Rashidov.U. Oʻzbek frazeologiyasi. Toshkent. Navroʻz, (2016)
U.M.Rashidova. Oʻzbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili. Fil.fan.diss.avtoreferati, Samarqand,(2018),2-B