TALABA-YOSHLARNI YETUKLIKKA YO‘NALTIRISHDA SO‘FI OLLOYOR TALQININING XUSUSIYATLARI
Ключевые слова:
So‘fi Olloyor, talaba-yoshlar, yetuklik, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ilm-ma’rifat, xoksorlik, mas’uliyatАннотация
Ushbu maqolada talaba-yoshlarni har tomonlama yetuklikka yo‘naltirishda So‘fi Olloyorning ijodiy merosi va uning dunyoqarashi qanday xususiyatlarga ega ekani tahlil etiladi. Maqolada bir tomondan So‘fi Olloyorning she’rlari va pand-nasihatlaridagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalar yoritilsa, ikkinchi tomondan ularni zamonaviy talaba-yoshlar tarbiyasiga tadbiq etish imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi. Shoir asarlarining xalqchil uslubda yozilgani, tarbiyaviy mazmuni chuqurligi hamda yoshlarni yetuk shaxs sifatida shakllantirishda taklif qilgan ta’limiy yondashuvi talqin qilinadi. Bunda So‘fi Olloyorning xoksorlik, adolat, halollik, ilm-ma’rifatga intilish kabi fazilatlarni targ‘ib etishi, zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy jarayonda ayniqsa dolzarb ekani ilmiy dalillar bilan asoslab beriladi.
Библиографические ссылки
DeWeese, D. Islamization and Native Religion in the Golden Horde: Baba Tukles and Conversion to Islam in Historical and Epic Tradition. – University Park : Penn State University Press, 1994. – 573 p.
Frank, A. Bukhara and the Muslims of Russia: Sufism, Education, and the Paradox of Islamic Prestige. – Leiden : Brill, 2012. – 349 p.
Muminov, A. Sufi Traditions in Central Asia: Key Figures and Textual Legacy // Central Asian Review. – 2019. – Vol. 12, № 2. – p. 45–67.
Yassaviy, A. Hikmatlar / Ed. by Rakhimov S. – Tashkent : Adib, 2008. – 192 p.