GLOBALLASHUV SHAROITIDA MUSIQAGA VA MUSIQA FAOLIYATIGA IJODIY MUNOSABATLARNI O‘STIRISH

Авторы

  • Azimjon Xojimamatov Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston Автор

Аннотация

Musiqaning inson hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishga katta ta’sirini hisobga olganda haqqoniy va voqelikni to‘g‘ri aks ettirgan musiqali asardan o‘rinli foydalanish alohida muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrof dunyodagi go‘zallikni idrok etishga bevosita bog‘liqdir. Qadim zamonlardan beri inson qo‘shiqlarda yoki cholg‘u asboblari ijrosida o‘zi tinglagan qushlar ovozini, aks-sadolarini, suvlarning oqishini, hasharotlar navosini aks ettirish uchun harakat qilib kelgan. Musiqiy san’at uchun odamning fikrlash va ifodalash hissiyoti asos bo‘lib xizmat qilgan. Musiqa kishilar hissiyoti va tafakkuriga ta’sir o‘tkazib, yon-atrofdagi voqelikni emotsional idrok etadi hamda uni qayta tiklash va o‘zgarishga yordam beradi. O‘zining ilg‘or emotsional ifodasini aks ettiradigan musiqa kishi hissiyotiga, tafakkuriga, dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatib, uni ma’lum maqsad sari yo‘llaydi, yon-atrofga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi va hayrixohlik uyg‘otadi.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 sonli Qarori./ Xalq so‘zi. 2017 yil 16 may.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – B.464.

Ayxodjayeva Sh.I. Maqom taronalari (janr xususiyatlari, ijro an’analari): Avtoref. dis. ... san’atshunoslik fan. nom. – Toshkent: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, 2007. –B.15

Asqar F. Musiqa va inson ma’naviyati. Mas’ul muharrir: M.Hamidova. -Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. –B. 96

Jakbarov M. Komil inson g‘oyasi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2002. –B.32.

Shermuxamedov S. Falsafa fani yangilanishining ba’zi muammolari. – Toshkent: Fan, 1996. –B.31.

Shermuhamedova N.A. Inson falsafasi. Toshkent. “Innovatsion ziyo”. 2020.

Опубликован

2025-08-31

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MUSIQAGA VA MUSIQA FAOLIYATIGA IJODIY MUNOSABATLARNI O‘STIRISH. (2025). Наука и инновации, 3(30), 135-138. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/34183