“MEHROBDAN CHAYON” ROMANINING AYRIM LINGVOKULTUROLOGIK JIHATLARI
Keywords:
til, madaniyat, lingvomadaniyatshunoslik, qadriyat, lisoniy belgilar, milliy mentalitet.Abstract
Til – jamiyat a’zolari uchun xizmat qiluvchi ijtimoiy aloqa vositasi. Shu bilan birga, tilning shu aloqani o‘rnatish, bilimlarni saqlash, ta’sir etish kabi yuzga yaqin vazifalari borki, uning asrori cheksiz. Til orqali biz har bir xalqning yashash tarzi, ijtimoiy tutumlari, eng asosiysi madaniyati va qadriyatlarini o'rganamiz. Ushbu holatni faqatgina kundalik faoliyatimizdagina emas, balki shu xalqning vakili o'laroq, o'z davri ijtimoiy hayotini qisman bo'lsa ham o'z asarlarida namoyon etuvchi ijodkorlarning asarlarida ham kuzatishimiz mumkin. Mazkur maqolada atoqli o‘zbek adibi A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanining ayrim lingvokulturologik jihatlari yoritilgan.
References
Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon. Roman. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2007.
Усманов Ф. Ўзбек тилидаги ўхшатишларнинг лингвомаданий тадқиқи: Филол. фан. б. фалс. д-ри... дисс. 2019. – Б. 6. // URL: https://api.ziyonet.uz/uploads/books/251467/5e1c61965017c.pdf
Usmanov F. F. Linguocultural competence as the means of identifying images in fixed similes //Theoretical & Applied Science. – 2019. – №. 5. – С. 17-20.