JAMOAT TRANSPORTI QATNOV JARAYONINI PTV VISSIM DASTURIDA MODELLASHTIRISH

Авторы

  • Mashxurbek Boboxonov Magistrant (Toshkent davlat transport universiteti) Автор

Аннотация

Shaharlarning transport tizimlari murakkab va ko‘p qatlamli jarayonlardan iborat bo‘lib, ularni samarali boshqarish va optimallashtirish muhimdir. Jamoat transporti shahar hayotida katta o‘rin tutadi, u orqali fuqarolar ishga, uyga va boshqa muhim joylarga harakatlanadilar. Transport tizimini optimallashtirish orqali tirbandliklar oldini olish, energiyani tejash va vaqtni samarali boshqarish kabi maqsadlarga erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan, jamoat transporti tizimini mikroskopik simulyatsiya qilish transport rejalashtirish jarayonlarida muhim qadam sanaladi. PTV VISSIM – shahar infratuzilmasidagi transport vositalarining harakatini modellashtirishga mo‘ljallangan ilg‘or dastur bo‘lib, bu jarayonlarni aniq tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot PTV VISSIM dasturida jamoat transporti qatnovini qanday modellashtirish mumkinligini va bu modellashtirishning afzalliklarini ko‘rib chiqadi.

Библиографические ссылки

Banks, J. H. (2013). Introduction to Transportation Engineering.

Treiber, M., Kesting, A. (2013). Traffic Flow Dynamics: Data, Models, and Simulation.

Ortúzar, J. de D., Willumsen, L. G. (2011). Modelling Transport.

Traffic and Transportation Simulation Software: Principles and Applications (2014).

www.ptvgroup.com

Опубликован

2024-09-30

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

JAMOAT TRANSPORTI QATNOV JARAYONINI PTV VISSIM DASTURIDA MODELLASHTIRISH. (2024). Наука и инновации, 2(26), 10-11. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/32533