TILSHUNOSLIKDA SOTSIOPRAGMATIK OMIL TUSHUNCHASI

Authors

  • Rohila Abdullayeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti v.b. Author

Abstract

Ma’lumki, sotsiologiya jamiyat va uning institutlari, xususiyati, holati, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati  va yana aniq talablardan kelib chiqqan holda bir necha jihatlarini o‘rganadigan soha hisoblanadi. Pragmatika tushunchasi ham bevosita jamiyat bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum bir zamon va makon birligida sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar xronikasi, jarayonni anglatadi. Sotsiopragmatika tushunchasi qamrov jihatdan sotsiologiya, sotsiolingvistika, pragmatika va pragmalingvistika sohalarining qo‘shilishidan iborat bo‘lib, tilshunoslikda tobora ko‘proq murojaat etilayotgan, matn, kontekst tadqiqida qo‘llanilayotgan tushunchalardan biriga aylanib bormoqda. Jumladan, o‘zbek tilida badiiy matn sotsiopragmatikasi, diskurs va muloqot jarayonining sotsiopragmatik asoslari xususida bir necha maqolalar yozilgan. Amaliyotda o‘zbek tilshunosligida tobora ko‘proq murojaat etilayotgan va tadqiqot yo‘nalishiga aylanib borayotgan hodisaning asosiy birliklarini ajratib olish, uning mazmun-mundarijasi va tadqiq doirasiga kiruvchi lingvistik hodisalarni ajratib olish zaruriyati tug‘iladi.

References

Л. Киньябузова. Предмет изучение социопрагматики / Наука и современность, 2010, С-279.

M.Umrzakova. Ona lisoniy shaxsining sotsiopragmatik xususuyatlari / O'zbekistonda xorijiy tillar, 2024-y, 10-jild, 55-bet.

R.Clift, M.Haugh. Conversation analysis and Sociopragmatics. 2020, ch-29.

Published

2024-10-09

How to Cite

TILSHUNOSLIKDA SOTSIOPRAGMATIK OMIL TUSHUNCHASI. (2024). Science and Innovation, 2(28), 122-123. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/32626