“DORUR-ROHAT MUSULMONLARI” ASARIDA IDEAL JAMIYAT TUSHUNCHASI

Авторы

  • Mohinur Aliyeva Buxoro davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Автор

Ключевые слова:

ideal jamiyat,nasr,badiiy ijod, jadidchilik, ma'rifatparvarlik harakati.

Аннотация

XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida dunyo tamaddunida jiddiy siyosiy, ijtimoiy,madaniy o'zgarishlar ro'y berdi. Bu kabi o'zgarishlar azaldan, o'z dunyoqarashiga suyangan,ilmning barcha jabhalarida rivojlanishda bo'lgan, ammo keyinchalik, Sho'ro mustabid tuzumi ortidan yuksalishning har tomonidan ortda qola boshlagan Turkistonga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Bu davr Turkiston tarixiga jadidchilikning maydonga kelishi va shakllanishi davri bo'lib kirdi. Bu rivojning boshlanishida esa, jadid ma'rifatparvarlarining otasi Ismoilbek Gasprali turadi. U Rusiya musulmonlarining Sho'ro istibdodidan xalos bo'lishini urush, qo'zg'olonlar orqali bostirib bo'lmasligini anglagan ziyoli shaxs sifatida, ularni diniy ilmlari bilan mutanosib holda yangi dunyoviy bilimlarni egallash, ularga g'ayrat qilish, dunyo rivojidan ortda qolmaslik uchun Sharq va G'arb ilmini birday o'rganish tarafdori bo'ldi. Ushbu harakatlari amali o'laroq u gazeta va matbaachilik sohasida bir qator yangi jurnal va gazetalarga asos soldi. Tijorat bilan shug'ullanib, dunyoning yetakchi davlatlarida kechayotgan yangi o'zgarishlarni o'z ko'zi bilan ko'rib, ulardan xalqi manfaati uchun andoza oldi. O'zi asos solgan “Tarjimon” gazetasida ijtimoiy-ma'rifiy risolalar, maktublar va badiiy asarlaridan parchalar e'lon qildi. Gazetaning har bir sonini musulmonlar orasida tarqalishi, ularni uyg'otishga hissa qo'shishiga harakat qildi. Ushbu maqolada Ismoilbek Gaspralining nasriy asarlaridan biri “Dorur-rohat musulmonlari" asarida ideal inson va ideal jamiyat tushunchalarining mohiyati va ideal jamiyat tushunchasining badiiy adabiyotda aks ettirilish xususida so'z boradi.

Библиографические ссылки

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. - Тошкент: “Ўзбекистон”, 2002

Исмоил Гаспринский ва Туркистон. - Тошкент: Шарк, 2005.

Исмоилбек Гаспрали. Хаёт ва мамот масаласи. Тошкент: Маънавият, 2006.

Косимов Б. Миллий уйғониш: жасорат, маьрифат, фидойилик. - Тошкент: Маънавият, 2002.

Ismoil Gasprali. Dorur-rohat musulmonlari.-Toshkent:“Akademnashr",2022

Опубликован

2024-11-06

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

“DORUR-ROHAT MUSULMONLARI” ASARIDA IDEAL JAMIYAT TUSHUNCHASI. (2024). Наука и инновации, 2(34), 49-51. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/32878