DOʻSTLIK KONSEPSIYASINING LINGVISTIK IFODASI: METAFORIK VA METONIMIK TAHLIL (INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI MISOLIDA)
Keywords:
Doʻstlik, lingvistik ifoda, metafora, metonimiya, ingliz tili, oʻzbek tili, kognitiv tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot.Abstract
Ushbu maqola ingliz va oʻzbek tillarida doʻstlik konsepsiyasining lingvistik ifodasini, xususan, metafora va metonimiya orqali tahlil qiladi. Doʻstlik insoniyatning universal qadriyatlaridan biri boʻlib, turli madaniy va til kontekstlarida oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Tadqiqot metaforalarning mavhum doʻstlik tushunchasini aniq va hissiy tasvirlar orqali ifodalashdagi rolini oʻrganadi. Jumladan, ingliz tilidagi “to cement a friendship” (doʻstlikni mustahkamlash) va oʻzbek tilidagi “doʻstlik daraxti” kabi iboralar doʻstlikning mustaxkamligi va oʻsishini taʼkidlaydi. Shuningdek, maqolada metonimiyaning doʻstlikning tashqi koʻrinishlari, sabab-oqibat munosabatlari va amaliyotlarini tasvirlashdagi ahamiyati yoritiladi. Misol uchun, ingliz tilidagi “shoulder to cry on” (ishonarli va hamdard) va oʻzbek tilidagi “molingga do‘st” kabi iboralar doʻstlikning hissiy va ijtimoiy jihatlarini aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda, bu tahlil har ikki tilda ham doʻstlikning qadrliligi, ishonchliligi va inson hayotidagi muhim oʻrni boy lingvistik vositalar yordamida qanday ifodalanishini koʻrsatadi. Ushbu yondashuv madaniyatlararo muloqotda doʻstlikning lingvistik asoslarini chuqurroq anglashga yordam beradi.
References
Croft, W., & Cruse, D. A. (2004). Cognitive Linguistics. Cambridge University Press.
Jabborov, M. (2018). Oʻzbek tilida metafora va metonimiya hodisasi. Fan va texnologiya.
Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of Chicago Press.