“YOZNING YOLGʻIZ YODGORI” QISSASIDA ADASH KARVON OBRAZI: RUHIY DRAMATIZM VA BADIIY TAFAKKUR UYGʻUNLIGI

Авторы

  • Fanuza Adilova ToshDO‘TAU tayanch doktoranti Автор

Ключевые слова:

Psixologik tasvir, obraz poetikasi, ruhiy iztirob, ichki monolog, retrospektiv kompozitsiya, paralingvistik belgilar, o‘zbek psixologik nasri.

Аннотация

Ushbu tezisda Xayriddin Sultonning “Yozning yolgʻiz yodgori” qissasi tahlil qilinib, undagi obrazlar poetikasi, ayniqsa psixologik tasvir vositalari orqali yoritilgan ruhiy holatlar o‘rganiladi. Adib o‘z ijodida inson qalbining ichki olami, ruhiy iztiroblari va vijdon to‘qnashuvlarini badiiy ifoda qilishga alohida e’tibor qaratadi. Ayniqsa, Adash Karvon va Sattor obrazlari timsolida insoniyatga xos ichki dramatizm, ma’naviy halokat va poklanish48 jarayonlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada psixologik detallar, paralingvistik belgilar, ichki monolog va tafakkuriy tasvirlar orqali obrazlarning ochilishi tahliliy yondashuvda ko‘rsatib beriladi. Xayriddin Sulton nasrida portret chizish an’anaviy yo‘ldan farq qilgan holda, ichki kechinmalar vositasida amalga oshirilishi alohida urg‘u bilan yoritiladi. Asarda retrospektiv kompozitsiya va ongiy-assotsiativ bog‘lanishlar asosida inson ongining nozik qatlamlari badiiy tasvirlanadi. Muallifning falsafiy qarashlari, zamonaviy ruhiy-insoniy muammolarga bergan badiiy talqini orqali “Yozning yolgʻiz yodgori” qissasi o‘zbek psixologik nasrining yorqin namunasi sifatida baholanadi. Maqola adabiy obrazlar orqali jamiyat, ma’naviyat va insoniy qadriyatlarni aks ettirishga qaratilgan.

Библиографические ссылки

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Тошкент: Akademnashr, 2018.

Добин Е. С. Искусство детали: Наблюдения и анализ . Л.: Сов. писатель (Ленингр. отд.), 1975.

Sulton X. Ko‘ngil ozodadur. – T.: Yangi asr avlodi, 2019

Храпченко М.Б. Горизонты художественного образа. – Москва: Художественная литература, 1986

Опубликован

2025-08-31

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

“YOZNING YOLGʻIZ YODGORI” QISSASIDA ADASH KARVON OBRAZI: RUHIY DRAMATIZM VA BADIIY TAFAKKUR UYGʻUNLIGI. (2025). Наука и инновации, 3(31), 6-9. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/34187