OSOK BEMORLARIDA KOGNITIV FUNKSIYALAR VA EMOTSIONAL HOLATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Authors

  • Surayyo Doniyorova Assistent EMU University, Klinik Oldi Kafedrasi Author

Keywords:

OSOK, Kognitiv funksiyalar, Emotsional holat, Depressiya

Abstract

OSOK bemorlarida kognitiv funksiyalarni pasayishi ko‘pincha gipoksiya va giperkapniya darajasi bilan bog‘liq. Tadqiqot davomida 100 nafar bemor 3 guruhga ajratildi: yengil, o‘rta va og‘ir OSOK. Kognitiv testlar (MoCA, MMSE) va emotsional holatni baholash (HADS shkalasi) asosida olingan natijalar ko‘rsatdiki, og‘ir OSOK guruhida kognitiv pasayish 68% hollarda, depressiya 55%, tashvish 47% hollarda aniqlangan. O‘rta og‘irlikdagi OSOK bemorlarida esa bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 42%, 33% va 25% ni tashkil etdi. Statistik tahlil shuni ko‘rsatadiki, kognitiv pasayish darajasi bilan depressiv simptomlar o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya mavjud (r=0.71, p<0.01). Bu natijalar OSOKni kompleks davolashda psixiatriya va psixoterapiya aralashuvlarini qo‘shish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, psixoterapevtik yondashuvlar bemorlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi....

References

GOLD Report, Global Initiative for Chronic Obstructive Lung Disease, 2024.

World Health Organization. COPD fact sheet, 2023.

Kaplan RM, Ries AL. Quality of life in COPD. Am J Respir Crit Care Med. 2021.

Barnes PJ. Inflammatory mechanisms in COPD. Eur Respir J. 2020.

Published

2025-09-09

How to Cite

OSOK BEMORLARIDA KOGNITIV FUNKSIYALAR VA EMOTSIONAL HOLATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI. (2025). Science and Innovation, 3(32), 65-66. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/34219