DORIVOR O‘SIMLIKLARDAN ZANJABIL O‘SIMLIGINING DORIVORLIGINI O‘RGANISH

Mualliflar

  • Xojiakbar Xoshimov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti Muallif

;

Zanjabil ko‘p yillik o‘simlik, lentasimon barg, efir moyli ildizpoyasi tarkibida gingerol mavjud, antimutagen, ildizpoya, antioksidant va antiseptik.

Abstrak

Zanjabil zanjabildoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlik Zanjabil ildizi tarkibida ko‘plab S, B1 , B2 guruhli vitaminlar, mineral moddalar: alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganets, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud. Bu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, o‘smalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega. Eksperimental izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstpakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida foyda berishini ko‘rsatgan. Zanjabil mahsuloti insonning ishtahasini ochibgina qolmasdan, u dorivorligi bilan ham ajralib turadi. Tuyib elangan talqoni tabobatda jigar, yurak, me’da xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan qo‘shib damlab ishlatiladi). Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.

Iqtiboslar

Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari”. -Toshkent “Fan” nashriyoti. 1982. T. I-IV.

M. Nabiyev, E. Jo‘rayev, H. Xayrullayev. “Tabiiy davolar”. -Toshkent. “O‘qituvchi” nashriyoti. 1994.

L.X. Yoziyev, N.Z. Arabova. “Dorivor o‘simliklar”. -Toshkent. 2017.

M.A Jo‘rayeva “Dorivor o‘simliklar atlasi”

Po‘latova T.P, Xolmatov X.X. Farmakognoziya amaliyoti — Toshkent: Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002.-360 bet.

Куликова В. Н. ИМБИРЬ УНИВЕРСАЛЬНЫЙ ДОМАШНИЙ ДОКТОР Москва, 2011

Nashr qilingan

2023-09-16

Iqtibos keltirish tartibi

DORIVOR O‘SIMLIKLARDAN ZANJABIL O‘SIMLIGINING DORIVORLIGINI O‘RGANISH. (2023). Ilm-Fan Va Innovatsiya, 1(21), 142-145. https://in-academy.uz/index.php/SI/article/view/30891