O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIK MAJBURIYATLARI VA MANFAATLARI
;
tovar, iqdisodiy qonunchilik, xalqaro savdo, import, eksport, valyuta, o‘tish davri, ishchi komissiya, monopoliya, yalpi ichki mahsulot.Abstrak
Bugungi iqdisodiy va siyosiy munosabatlar rivojlanayotgan va ziddiyatlar keskinlashayotgan bir davrda xalqaro subyektlarning o‘zaro tashqi munosabatlari ularning siyosatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro normalar, xalqaro shartnoma va tashkilotlar tashqi siyosatda muhim ahamiyatga ega. Uzoq muddatdan beri xalqaro iqdisodiy munosabatlarni tartibga solib kelayotgan, mamlakatlarning eksport, import salohiyatini oshirishga sharoit yaratib berayotgan va davlatlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga ko‘maklashayotgan shunday xalqaro tashkilotlardan biri bu Jahon Savdo Tashkilotidir. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yo‘li bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir ko‘rsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qat’iy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yig‘ilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va boshqa vazifalarni bajaradi. Hozirda O‘zbekiston bu tashkilotga a’zo davlatlar qatoriga kirmaydi, ammo davlatimiz rahbarining JST ga mamlakatimizning a’zo bo’lishi yolidagi harakatlari e’tiborga loyiq. Yaqin yillarda davlatimiz tashkilotga a’zo davlatlarning biriga aylanadi va bu mamlakatimizning iqdisodiy imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi eshiklarni ochishi shubhasiz.
Iqtiboslar
Jahon Savdo tashkilotining rasmiy vebsayti: https://www.wto.org/
https://kun.uz/uz/news/2022/06/26/28-yil-nega-ozbekistonning-jstga-azo-bolishi-chozilib-ketdi
Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o'zgarishlarni dinamikasi va baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo'nalishlar, 2011 yil. 2 (95), bet. 44-53.