MAMLAKATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK VAZIFALARI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZARURIY SHART-SHAROITLARI
Abstrak
Bugungi kunda biz keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda hayotimizning har bir jabhasida rivojlanish va yangilanishlarning guvohi bo’lmoqdamiz. Shu o’rinda, ta’kidlashimiz joizki, bunday keng ko’lamli o’sishga xalqimizning fidokorligi va birdamligi, millatlararo totuvlik kabi bir qator oliyjanob, ezgu intilishlarimiz muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan yangicha yondashuvlar, muammolarni hal qilishda tashabbuskorlik, sabr-matonat kabi jihatlar ham mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini hal qilishda o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Yangi O’zbekiston – bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir.[1]
Iqtiboslar
Mirziyoyev Sh.M., “Yangi O’zbekiston Demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”, “O’qituvchi” MU, 2021, 18-bet
Lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 28.01.2019-yil. PF-5644-son
Mirziyoyev Sh.M., “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”, T., “O’zbekiston”, 2017. 261-bet
Lex.uz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 23.09.2024-yil. PF-143-son