ARAB TILINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Mualliflar

  • A.Sh. To’xtayev Muallif

Abstrak

Arab tilining rivojlanish bosqichlari insoniyat tarixining turli davrlarini o'z ichiga olgan murakkab va ko'p qirrali jarayon bo'lib, madaniy, ijtimoiy, siyosiy hamda diniy omillar ta'sirida shakllangan. Ushbu tezisda arab tilining shakllanishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar atroflicha o'rganiladi. Birinchi navbatda, tilning ibtidoiy bosqichlari, ya'ni Arabiston yarim orolining ko'chmanchi qabilalari o'rtasida qo'llanilgan ilk dialektlar va ular asosida arab tilining tarkib topishi tahlil qilinadi. Keyinchalik, Muhammad (s.a.v.) davrida Qur'on nozil bo'lishi bilan arab tili nafaqat diniy ahamiyat kasb etdi, balki adabiy til sifatida kodifikatsiyalandi. Qur'oni Karim tilining tuzilishi va uning arab tilining me'yoriy grammatik asoslari shakllanishidagi o'rni alohida o'rganiladi.

Iqtiboslar

Al-Ma'mari, A.A. Arab tili: Tarixi va rivojlanishiga kirish. Routledge, 2018. B. 152.

Ibn Ashur, Muhammad. Ma'ani al-Qur'an. Tunis: Dar al-Sahab, 2002. B. 45-67.

Sibavayh. Al-Kitab. Tahrir: Hamid al-Din, 2009. B. 102-125.

Makdisi, George. Islom va G‘arbda gumanizmning ko‘tarilishi: G‘oyalar tarqalish tajribasi. Edinburg: Edinburg Universiteti Nashri, 1990. B. 85-100.

Versteegh, Kees. Arab tili. Edinburg: Edinburg Universiteti Nashri, 1997. B. 28-44.

Nashr qilingan

2024-10-04

Iqtibos keltirish tartibi

ARAB TILINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. (2024). Yosh Olimlar, 2(26), 11-15. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/28274