QIZLARDA JINSIY RIVOJLANISHDAN ORQADA QOLISHNI ERTA TASHXISLASH TAMOYILLARI
Abstrak
Sog'lom avlod - sog'lom oila rezervi, shuni hisobga olgan holda balog'at yoshiga yetgan qizlarning har tomonlama yetuk rivojlanishi kelgusida oilaviy sharoitga tayyorlash uchun mezondir. JSST ma’lumotlariga ko'ra, reproduktiv salomatlik muammosi butun dunyo olimlarining diqqat markazida bo'lib, aholining deyarli 40 %ni bolalar va o'smirlar tashkil etgan O'zbekiston Respublikasida ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Bu masala Respublikamizda davlat miqyosida ko'tarilgan. Bunga misol tariqasida 2009-yil o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasida 13-18 yoshli o'smir qizlarning umumiy 16,5%da jinsiy rivojlanishdan orqada qolish belgilari klinik namoyon bo'lgan. Bunda qizlar va yosh ayollarning balog'atga yetish davriga alohida e'tibor beriladi. Bu yoshda salomatlikni saqlash jamiyatning reproduktiv, intellektual, iqtisodiy va ijtimoiy zaxirasiga istiqbolli hissa sifatida qaraladi.