PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Nilufar Mustafayeva Termiz Davlat Universiteti DSc doktoranti Muallif

;

pragmatik kompetensiya, Blum taksonomiyasi, pedagogik xususiyatlar, chet tili o‘qitish, kognitiv darajalar, interaktiv metod

Abstrak

Ushbu maqolada pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda Blum taksonomiyasidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari tahlil qilinadi. Pragmatik kompetensiya chet tilini o‘rganishda nafaqat lingvistik bilimlar, balki madaniy-kontekstual omillar, nutqiy maqsad va tinglovchining ihtiyojlariga mos nutq strategiyalaridan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. Biroq ko‘pincha o‘quv jarayonida diqqat markazi asosan grammatika va leksikaga qaratilib, pragmatik ko‘nikmalarga yetarli e’tibor berilmaydi. Shu jihatdan, Blum taksonomiyasi chet tilida pragmatik kompetensiyani shakllantirishda bosqichma-bosqich maqsadlar, dars mazmuni va baholash mexanizmlarini rejalashtirishda qulay nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Maqolada Blum taksonomiyasining kognitiv darajalarini pragmatik mahorat bilan uyg‘unlashtirish zarurligi ko‘rsatilib, o‘qitishda rejalashtirishdan tortib baholashgacha bo‘lgan jarayonda qanday yondashuvlar qo‘llash mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, har bir kognitiv darajaga mos ravishda pragmatik malakalarni rivojlantirish o‘quvchilarda chuqur mulohaza, moslashuvchan nutqiy amaliyot va interaktiv fikrlashni kuchaytirishi ta’kidlanadi. Yakunida Blum taksonomiyasi orqali maqsadli rejalashtirilgan darslar o‘quvchilarning nutqiy madaniyati va chet tilidan foydalanganda kontekstni e’tiborga olish qobiliyatini rivojlantirishda samarador ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.

Iqtiboslar

Anderson, L. W., Krathwohl, D. R. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. – New York : Longman, 2001. – 352 p.

Blum, B. S. Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. – New York : Longmans, 1956. – 207 p.

Kasper, G., Rose, K. Pragmatics in Language Teaching. – Cambridge : Cambridge University Press, 2002. – 278 p.

Bardovi-Harlig, K. Learning the Rules of Academic Talk: A Portfolio Approach to Pragmatic Acquisition // Studies in Second Language Acquisition. – 2006. – Vol. 28, № 2. – p. 261–283.

Ishihara, N., Cohen, A. D. Teaching and Learning Pragmatics: Where Language and Culture Meet. – London : Routledge, 2010. – 230 p.

Nashr qilingan

2025-04-28

Iqtibos keltirish tartibi

PRAGMATIK KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. (2025). Yosh Olimlar, 3(12), 39-43. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/29114