MUQIMIY SHE’RIYATI XALQ RUHIIYATI VA ADABIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI

Mualliflar

  • Sabina Samatova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti 2-bosqich talabasi Muallif

;

Muqimiy, xalq ruhi, lirik she’r, adabiy obraz, poetik tafakkur, milliy ong, badiiy vosita, realizm, xalqona ifoda.

Abstrak

Muqimiy ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida o‘ziga xos bosqichni tashkil etadi. Uning lirikasida xalqning ichki kechinmalari, hayotga bo‘lgan qarashlari va ma'naviy olami badiiy obrazlar orqali chuqur yoritilgan. Shoir she’rlarida xalq dardini, orzu-umidlarini, ijtimoiy muammolarini ifodalashda jonli obrazlardan foydalanadi. Ushbu tezisda Muqimiyning adabiy obrazlari xalq ruhiyatining ko‘zgusi sifatida tahlil etiladi. Shoirning badiiy tafakkuri va xalqona obrazlar yaratish mahorati xalq ijodi bilan uyg‘unlashgan. Ayniqsa, tanqidiy lirikasi orqali u xalq dardini tasvirlashda samimiylik va realizmga tayanadi. Muqimiy asarlaridagi badiiy vositalar va obrazlar xalq ongidagi tushunchalarni aks ettiradi. Bu jihatlar shoir lirikasining hayotiyligiga va xalq orasida mashhurligiga sabab bo‘lgan. Tadqiqot davomida Muqimiyning poetik merosi asosida xalq ruhi va adabiy obrazlar qanday uyg‘unlashgani o‘rganiladi.

Iqtiboslar

Zohidov X. Muqimiy ijodida xalqparvarlik ruhining ifodasi. – Toshkent: Fan, 1998.

G‘aniyeva S. O‘zbek lirikasi taraqqiyotida Muqimiyning o‘rni. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.

Hayitmetov A. O‘zbek mumtoz adabiyoti. – Toshkent: Fan, 2006.

Muhammadyev V. Muqimiy hayoti va ijodi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2001.

Jumaniyozov O. Muqimiy poetikasining xususiyatlari. – Samarqand: Navoiy nomli nashriyot, 2010.

Nashr qilingan

2025-04-30

Iqtibos keltirish tartibi

MUQIMIY SHE’RIYATI XALQ RUHIIYATI VA ADABIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI. (2025). Yosh Olimlar, 3(13), 15-17. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/29150