O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI
;
inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari, Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi 2022-2026, O‘zbekiston – 2030, ta’lim islohotlari, nogironligi bo‘lgan bolalar, pedagogik texnologiyalar, ijtimoiy integratsiya, ta'limda tenglik.Abstrak
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, xususan, "Harakatlar strategiyasi", "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" hamda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar tahlil qilingan. Tadqiqot inklyuziv ta’limni amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, inklyuziv ta’limning milliy ta’lim tizimidagi o‘rni va uning ijtimoiy ahamiyati baholangan.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni. (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637).
O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni. (2020-yil 15-oktabr, O‘RQ-641).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-4947-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-60-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi "“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-158-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4860-sonli qarori.
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi (2006).