KUZATAYOTGAN INSON FALSAFASI

Mualliflar

  • Gulruh Ubaydullayeva Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Muallif

;

qissa, kuzatish, kuzatilish, psixologizm, hayot falsafasi, motiv, folklor motivlari, globallashuv.

Abstrak

Ushbu maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning “Quza” qissasi misolida inson falsafasi, xususan, insonning ichki olami, hayot va taqdir haqidagi mulohazalari tahlil etiladi. Asardagi bosh qahramonning kechinmalari orqali insonning jamiyatdagi oʻrni, xotira va qadriyatlarga boʻlgan munosabati, shuningdek, ruhiy izlanishlari falsafiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Muallif inson tabiatidagi murakkab va ziddiyatli holatlarni obrazlar orqali chuqur ifoda etgan. Maqolada shu jihatlar tahlil qilinib, asarning falsafiy-maʼrifiy yuklamaga ega ekani asoslab beriladi.

Iqtiboslar

Hamdamov U. Ruhni uygʻotguvchi soʻz (Ilmiy va publitsistik maqolalar, taqrizlar, suhbatlar). – Toshkent, Turon zamin ziyo, 2017y.

Ulugʻov A. Qissachiligimiz qirralari. – Toshkent, Oʻqituvchi, 1991y.

Karimov Bahodir. Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur. – T.: Akademnashr, 2014y.

M. Xolbekov XX asr modern adabiyoti. – Toshkent, Mumtoz soʻz. 2014.

Xurshid Doʻstmuhammad. Qissalar. Kuza qissasi. – Toshkent, 2011y.

Xrapchenko M. B. Tvorcheskaya individualnost, pisatel i razvitiye literaturы. M.: Nauka, 1975.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. A.Madvaliyev tahriri ostida. 5 jildlik. – Toshkent, 2012.

Sharafiddinov O. Modernizm- joʻn hodisa emas //Ijodni anglash baxti. –T.: Sharq, 2004.

Shuhrat Rizayev. Yaxshi “yomon” odam yoxud yangilangan realizm. Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad portretiga chizgilar.// Sharq yulduzi. 2011. № 3 son. – B.161.

Nashr qilingan

2025-06-23

Iqtibos keltirish tartibi

KUZATAYOTGAN INSON FALSAFASI. (2025). Yosh Olimlar, 3(24), 105-107. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/29597