MAXSUS EHTIYOJLARGA EGA O‘QUVCHILAR UCHUN INKLUZIV TA’LIMDA RAQAMLI YECHIMLAR VA INNOVATSION METODLAR
;
inkluziv ta’lim, maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilar, raqamli texnologiyalar, innovatsion metodlar, gamifikatsiya, speech-to-text va text-to-speech dasturlari, robototexnika, ekran o‘qish vositalari.Abstrak
Ushbu maqolada maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shish, ya’ni inkluziv ta’limni amalga oshirishda raqamli texnologiyalar va innovatsion uslublarning ahamiyati tahlil etilgan. Muallif, eng avvalo, inkluziv ta’limning asosiy prinsiplarini: imkoniyatlar tengligi, individual yondashuv, takomillashtirilgan metodika va texnologiyalarni moslashtirish zarurligini ta’kidlab o‘tadi. Shuningdek, maqolada Shvediya, Angliya, Rossiya, Fransiya, Turkiya va Germaniya tajribalari misolida jahon miqyosida maxsus ehtiyojlarga ega o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash amaliyotlari ko‘rib chiqiladi.
Iqtiboslar
UNESCO (2009; 2020) – Inkluziv ta’lim bo‘yicha xalqaro tavsiyalar va global statistika.
European Agency for Special Needs and Inclusive Education (2018; 2020) – Maxsus ehtiyojli ta’lim bo‘yicha Yevropa miqyosidagi tadqiqotlar.
Ministère de l’Éducation nationale, de la Jeunesse et des Sports (2021) – Fransiya ta’lim tizimida inkluziv ta’lim bo‘yicha rasmiy hujjatlar.
T.C. Millî Eğitim Bakanlığı (2020; 2021) – Turkiyada inkluziv ta’lim siyosati va raqamli loyihalar.
Bundesministerium für Bildung und Forschung (2021) – Germaniyada “Inklusion 4.0” dasturi bo‘yicha ma’lumotlar.