KREDIT SHARTNOMALARDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLAR

Authors

  • Muxlis Murodov Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti Author

Abstract

Kredit shartnomalari zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning ajralmas qismi bo‘lib, ular orqali tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar moliyaviy resurslarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu shartnomalar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda, xususiy sektorga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishda, aholini moliyaviy xizmatlardan kengroq foydalanishiga xizmat qiladi. Ammo, kredit shartnomalari bilan bog‘liq huquqiy nizolar so‘nggi yillarda tez-tez uchrab turibdi. Ushbu muammo nafaqat kredit olish jarayonlarida shartnoma taraflari o‘rtasidagi tushunmovchiliklar, balki iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy omillar bilan ham bog‘liq. Shuning uchun ushbu sohadagi protsessual mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi.

Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit shartnomalari bo‘yicha nizolarni hal qilish tajribasi.

Published

2025-03-27

How to Cite

KREDIT SHARTNOMALARDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLAR. (2025). Young Scientists, 3(8), 43-44. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/30314