INGLIZ VA QORAQALPOQ ERTAKLARIDA VAQT KONSEPTINING LEKSIK VA MADANIY TAHLILI

Mualliflar

  • Ajibekova Gulsara Jengisbaevna Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs doktoranti Muallif

;

vaqt konsepti, ertak, lingvomadaniyat, qoraqalpoq ertaklari, ingliz ertaklari, leksik ifoda, narrativ struktura.

Abstrak

Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq xalq ertaklarida vaqt konseptining leksik hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida vaqtning ertak matnlaridagi ifodalanish usullari, uning narrativ, semantik va madaniy funksiyalari o‘rganildi. Xususan, qoraqalpoq ertaklari (“Abat batır”, “Qıran”) hamda ingliz ertaklari (“Cinderella”, “Snow White”, “Jack and the Beanstalk”) misolida vaqtning abstraktligi va mo‘jizaviy xarakteri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ikkala til tizimida ham vaqt ertakona muhitni yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, biroq qoraqalpoq ertaklarida uning madaniy va axloqiy mazmuni chuqurroq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, vaqtning tabiiy birliklar orqali ifodalanishi xalqning an’anaviy dunyoqarashi bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.

Iqtiboslar

Askoldov, S. A. (1997). Concept and word. Russian literature. From the theory of layering to the structure of the text, 267-280.

Donoghue, D. (2014). Metaphor. Harvard University Press.

Fisher, J. (2008). Tolkien On Fairy-stories. Expanded edition.

Qaraqalpaq xalıq ertekleri. – Nókis: «Qaraqalpaqstan» baspasi, 2019. – 428 bet.

Zipes, J. (2003). The Complete Fairy Tales of the Brothers Grimm All-New Third Edition. Bantam.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-27

Iqtibos keltirish tartibi

INGLIZ VA QORAQALPOQ ERTAKLARIDA VAQT KONSEPTINING LEKSIK VA MADANIY TAHLILI. (2026). Yosh Olimlar, 4(32), 112-113. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/604