MOBIL QURILMALARDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI

Mualliflar

  • Sh.Q.Shukurjonov Talaba Farg’ona davlat texnika universiteti Muallif
  • L.Dalibekov Farg’ona davlat texnika universiteti Muallif

;

mobil qurilmalar, energiya samaradorligi, DVFS, big.LITTLE, Doze rejimi, OLED, tarmoq modullari, batareya ishlash muddati

Abstrak

Ushbu maqola mobil qurilmalarda energiya sarfini kamaytirishning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan. Unda smartfon va planshetlarda energiya iste’molining asosiy manbalari – protsessor, displey, tarmoq modullari va sensorlar faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada apparat darajasida qo‘llaniladigan texnologiyalar, jumladan dinamik kuchlanish va chastota sozlash (DVFS), big.LITTLE arxitekturasi, OLED va LTPO displeylar orqali energiya tejamkorlikni oshirish usullari yoritilgan. Shuningdek, dasturiy darajada operatsion tizim optimizatsiyasi, fon jarayonlarini boshqarish va sun’iy intellekt asosidagi energiya boshqaruv mexanizmlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tarmoq darajasida esa 5G va LTE texnologiyalarida qo‘llaniladigan energiya tejovchi mexanizmlar, xususan DRX rejimi misolida tushuntiriladi. Maqolada ushbu usullarning samaradorligi tahlil qilinib, mobil qurilmalarning batareya ishlash muddatini uzaytirish va umumiy energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar berilgan.

Iqtiboslar

K. Laker. (2020). Low-Power Design Methodologies. Springer Science & Business Media.

Vallina-Rodriguez, N., & Crowcroft, J. (2013). Energy Management Techniques in Modern Mobile Handsets. IEEE Communications Surveys & Tutorials.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi portali ma'lumotlari (ict.gov.uz).

Tanenbaum, A. S., & Wetherall, D. J. (2011). Computer Networks. (Simsiz tarmoqlar va energiya sarfi bo'yicha bo'limlar).

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-24

Iqtibos keltirish tartibi

MOBIL QURILMALARDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI. (2026). Yosh Olimlar, 4(31), 34-36. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/425