JAMOAT YO‘LOVCHI TRANSPORTI YO‘NALISHLARIDA YO‘LOVCHILAR OQIMI TAQSIMOTINING HARAKAT MUNTAZAMLIGIGA TA’SIRI
Ключевые слова:
yo‘lovchilar oqimi, avtobus yo‘nalishi, muntazamlik, sig‘imdan foydalanish, jamoat transporti, shahar transporti.Аннотация
Mazkur tadqiqotda Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan 82-avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining bekatlar kesimidagi taqsimoti eksperimental ravishda o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yo‘nalishning boshlanish qismida yo‘lovchilar soni eng yuqori bo‘lib, keyingi bekatlar bo‘ylab asta-sekin kamayib boradi. Qaytish yo‘nalishida esa yo‘lovchilar oqimi dastlab past darajada shakllanib, yo‘nalishning o‘rta qismida maksimal qiymatga yetadi. Bunday taqsimot avtobuslarning sig‘imdan foydalanish koeffitsienti bekatlar bo‘yicha turlicha shakllanishiga olib keladi. Yo‘lovchilar oqimi zichligini inobatga olgan holda qatnov jadvalini moslashtirish jamoat transporti harakati muntazamligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.
Библиографические ссылки
Ceder A. Public Transit Planning and Operation. CRC Press, 2016.
Vuchic V.R. Urban Transit Systems and Technology. Wiley, 2007.
Tirachini A., Hensher D.A. Bus congestion and reliability: understanding the role of passenger demand. Transport Reviews, 2012.
Karimov A., Raximov B. Shahar jamoat transporti tizimida yo‘lovchi oqimlarini tahlil qilish masalalari. Toshkent davlat transport universiteti axborotnomasi, 2022.