EKOSHAHARNI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI

Authors

  • Fazilat Xoshimova Respublika Ixtisoslashgan Dizayn maktabi Arxitektura bo’limi maxsus fan o’qituvchisi Author

Abstract

Shahar sivilzatsiyaning rivojlanish manbai hisoblanib, ayni vaqtda atrof- muhit ekologiyasi buzilishining sababchisi ham hisoblanadi. Shuning uchun ham hayotiy faoliyatni taminlashda faqat ekologik texnologiyalardan foydalanuvchi shaharlarni yaratish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shaharlarni “ekologik” qayta qurish kelajakdagi rivojlanishning zaruriy talabi bo"lishi lozim. Shaharlar rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasdan, inson hayotiga yuqori sifatlarda xizmat ko"rsatsishi lozim.  Ekoshahar bu- atrof- muhitga ta’sir etishini hisobga olib loyihalangan mustahkam, ustuvor, turg’un shahardir. Mazkur shaharda yashovchi aholi energiyadan, suv va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni minimallashtiradi, issiqlikning behuda sarflanishiga, havoni karbonat  angidrid ifloslanishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. Birinchi marotaba «ekoshahar» atamasini 1987-yilda Richard Register «Sog’lom kelajak uchun shahar qurilishi» kitobida ishlatdi. Kelajak shahar o’zini atrof-muhitga minimal darajada bog’liq holda ta’minlab, yangilanuvchi manbalar yordamida energiya ishlab chiqaradi. Ekoshahar aholisining asosiy intilishi-uglerod isini qisqartirishdir.

References

Isamuxamedova D.U., Mirzayev M.K. «Zamonaviy shaharsozlik nazariyasi”. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2015 y.

ВЕСТНИК ИрГТУ №5(45) -2010

Published

2024-10-11

How to Cite