ARAB MA’RIFATPARVARLARINING SHAKLLANISHI

Mualliflar

  • Sultonmurod Sherxanov Turan xalqaro universiteti “Gumanitar fanlar va pedagogika” kafedrasi o`qituvchisi Muallif

;

Ma`rifatparvarlik, madaniyat, inqilob, san`at, ma`naviyat, adolat.

Abstrak

Misr ma’rifatparvarlik harakatining ilk vakillaridan bo‘lmish Rifoa Badaviy Rafi at-Taxtoviy 1825-yilda xadiv Muhammad Ali davrida Frantsiyaga boradi. Al-Ahzar madrasasida tahsil ko‘rgan, to‘la-to‘kis diniy ma’lumotga ega bu shayx Parijda frantsuz tilini o‘rganadi, madaniyati bilan tanishadi, ayniqsa Vol`ter, Russo, Montesk`e asarlari unda chuqur taassurot qoldiradi. 1830-yil iyul inqilobining guvohi bo‘ladi va o‘ziga tegishli xulosalar chiqaradi. Misrga qaytib kelgach, ilm-ma’rifat tarqatish sohasida keng ko‘lam olgan harakatga qo‘shiladi va uning taniqli namoyandalaridan biriga aylanadi. Shu kezlari Misrda “al- Vaqoi al-Misriya” nomi bilan ilk bor arab tilida ro‘znoma chop etila boshladi. Shayx unga muxarrirlik qila boshlaydi.

Iqtiboslar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni:2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicham HARAKATLAR STRATEGIYASI

Mirziyoyev Sh. M. “Erkin va farovon, demokratik O ‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T.:O ‘zbekiston, 2016.B.134.

Falsafa. M. Ahmedova umumiy tahriri ostida. T.2006.

Falsafa: ensiklopedik lug ‘at/O ‘zRFA, I. Mo ‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. – T.: “O ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

Ma’rifat yo‘lida. E.Babayeva. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012, 108 bet.

Nashr qilingan

2024-09-23

Iqtibos keltirish tartibi

ARAB MA’RIFATPARVARLARINING SHAKLLANISHI. (2024). Yosh Olimlar, 2(24), 52-53. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/28222