ONA TILI DARSLARIDA “LOYIHA ISHI”LARINI BAJARISHNING AMALIY AHAMIYATI

Mualliflar

  • Shahzod Rahmonov O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-kurs magistranti Muallif
  • Xolida Tojiyeva O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti Muallif

Abstrak

Maktab ta’limining boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari tilni o‘rganish, muloqot madaniyatini shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatishda asosiy rol o‘ynaydi. Bugungi kunda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, shuningdek, loyiha ishlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarning ijodiy va amaliy faoliyatini oshirish dolzarb masalaga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu jarayon muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchining dunyoqarashi shakllanadi, asosiy bilim va ko‘nikmalari tarkib topadi. Shu jumladan, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali o‘quvchilar muloqotga kirishish, o‘z fikrini bayon qilish, mustaqil o‘qish va matn bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.

Iqtiboslar

Guzeev V.V. Taʼlim natijalarini va taʼlim texnologiyasini rejalashtirish. M.: Xalq taʼlimi, 2000. – 198-bet

Qosimova K.Matchonov S.G‘ulomova X.Yo‘ldosheva Sh.Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.”Bayoz”Toshkent-2022.12-13-bet

Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik I qism. Kuranov S. – Toshkent: 2023-y. -88 b.

Nashr qilingan

2025-06-23

Iqtibos keltirish tartibi

ONA TILI DARSLARIDA “LOYIHA ISHI”LARINI BAJARISHNING AMALIY AHAMIYATI. (2025). Yosh Olimlar, 3(24), 119-120. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/29601