GAPDA URGʻU VA SOʻZ TARTIBINING GRAMMATIK AHAMIYATI

Mualliflar

  • Yulduz Raxmonberdiyeva Oʻzbekiston -Finlandiya pedagogika instituti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyot yoʻnalishi 1-kurs talabasi Muallif

;

urgʻu, soʻz tarkibi, gap tuzilishi, kommunikativ funksiyalar, sintaksis, pragmatika, semantika, tilshunoslik, o‘zbek tili, mantiqiy urgʻu.

Abstrak

Mazkur maqolada gapda urgʻu va soʻz tartibining grammatik ahamiyati tahlil qilinadi. Til tizimida soʻzlarning tartiblanishi va ularning qanday urgʻu bilan aytilishi gap mazmunining tushunarli, loʻnda va aniq yetkazilishida muhim omil sanaladi. Oʻzbek tilida soʻz tartibi nisbatan erkin boʻlsa-da, lekin mantiqiy urgʻu va kontekstga ko‘ra bu tartibning oʻzgarishi gapning grammatik va semantik mazmunini oʻzgartirishi mumkin. Maqolada urgʻuning gapdagi vazifalari, soʻz tartibining sintaktik va kommunikativ funksiyalari, shuningdek, soʻz tartibining pragmatik jihatdan ta’siri yoritiladi. Shuningdek, boshqa tillardagi (rus va ingliz tili) urgʻu va soʻz tartibi bilan solishtirma tahlillar orqali o‘zbek tilining o‘ziga xosliklari ochib beriladi. Gapda urgʻu va soʻz tartibining oʻzaro aloqasi tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola tilshunoslar, oʻqituvchilar, tarjimonlar va til oʻrganuvchilari uchun foydali nazariy hamda amaliy material bo‘lib xizmat qiladi.

Iqtiboslar

Bozorov. M. “O‘zbek tili grammatikasi”. Toshkent: O‘qituvchi, 2005.

Qodirov. A. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”. Toshkent: Fan, 2009.

Saipov. M. “Tilshunoslik asoslari”. Toshkent: TDPU nashriyoti, 2017.

Crystal. D. “The Cambridge Encyclopedia of the English Language.” Cambridge University Press, 2010.

Xojiboyeva. Z. “Urg‘u va intonatsiya: o‘zbek va rus tillarida qiyosiy tahlil.” Filologiya jurnali, 2021.

Ona tili.UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 5-SINFI UCHUN DARSLIK.G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi TOSHKENT – 2020.N. MAHMUDOV, A. SOBIROV, SH. SATTOROV,SH. TOSHMIRZAYEVA, D. MANNOPOVA

Nashr qilingan

2025-06-30

Iqtibos keltirish tartibi

GAPDA URGʻU VA SOʻZ TARTIBINING GRAMMATIK AHAMIYATI. (2025). Yosh Olimlar, 3(25), 86-87. https://in-academy.uz/index.php/YO/article/view/29640