POMIDOR SHARBATINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Abstrak
Mazkur maqolada pomidor tarkibi, ularning qayta ishlash bosqichlari va sharbat tayyorlash texnologiyasi ilmiy asosda tahlil etilgan. Pomidor inson organizmi uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallar, ayniqsa, likopin moddasi bilan boyitilgan qimmatli mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida pomidor sharbatini tayyorlash jarayonida amalga oshiriladigan texnologik bosqichlar, jumladan, xom ashyoni saralash, blanshir qilish, maydalash, filtratsiya, pastyerizatsiya va sterilizatsiya jarayonlari atroflicha o‘rganilgan. Shuningdek, mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi saqlash sharoitlari va yuzaga keladigan muammolar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Iqtiboslar
Saidova G. X., Rasulov M. A. – Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi. Toshkent, 2015.
Mavlonov M. X. – Sabzavot va mevalarni qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent, 2018.
Karimov O. – Pomidor sharbati ishlab chiqarish texnologiyasi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi instituti, 2020.
Adhamov S. A. – Mexanik qayta ishlash jarayonlarida energiya tejash. TIQXMMI MTU ilmiy jurnali, 2023.