TASAVVUF FALSAFASI TA’LIMOTINING METODOLOGIK ASOSLARI

Mualliflar

  • Bobomurod Adilov Muallif

Abstrak

Mazkur maqolada tasavvuf falsafasining o‘ziga xos metodologik asoslari, uning diniy-falsafiy ta’limot sifatidagi mohiyati va taraqqiyot bosqichlari tahlil qilingan. Tasavvufning Islom dini kontekstida shakllanishi, rivojlanish xususiyatlari va uning falsafalashuvi jarayoni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Sharq ratsional falsafasi va irfoniy bilim tizimi o‘rtasidagi munosabatlar, tasavvufning metafizik, ontologik, gnoseologik va antropologik jihatlari hamda uning manbalari tizimli ravishda o‘rganilgan. Tasavvuf falsafasining bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.

Nashr qilingan

2025-07-24

Iqtibos keltirish tartibi

TASAVVUF FALSAFASI TA’LIMOTINING METODOLOGIK ASOSLARI. (2025). Yangi O’zbekiston Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 2(7), 107-112. https://in-academy.uz/index.php/YOITJ/article/view/38464