AMIR OLIMXON HUKMRONLIGINING DASTLABKI DAVRIDA MAKTAB TA`LIM TIZIMI

Mualliflar

  • Zaripova Saidabonu BuxDU, Tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muallif
  • Umarov Baxtishod Ilmiy rahbar, BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi o‘qituvchisi, t.f.f.d.(PhD) Muallif

;

Amir Olimxon, Buxoro amirligi, jadidchilik, ta’lim islohoti, yangi usul maktablari, Usmonxo‘ja, Homidxo‘ja, Fayzulla Xo‘jayev

Abstrak

Ushbu maqolada Amir Olimxon hukmronligining dastlabki davrida Buxoro amirligida maktab ta’lim tizimida yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor davlat tomonidan amalga oshirilgan ta’lim siyosati, xususan 1911-yildagi farmon asosida olib borilgan tartibga solish choralari hamda jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablari faoliyatiga qaratiladi. Tadqiqotda yangi maktablarning o‘quv jarayoni, moddiy sharoiti va o‘qitish metodikasi yoritilib, Usmonxo‘ja, Homidxo‘ja Mehriy, Fayzulla Xo‘jayev kabi jadid ziyolilarining bu jarayondagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ta’lim islohotlarining Buxoro amirligi hududlari bo‘ylab keng yoyilishi va jamiyat hayotiga ta’siri ham tahlil etiladi. 

Iqtiboslar

Rajabov Q. O‘zbekiston XX asrda. 1-jild. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2024.

“Buxoro” // Tarjimon. 1911-yil 18-mart. – №12. (“Vaqt” gazetasidan olingan).

Rajabov Q. So‘nggi mang‘it hukmdori // Buxoro mavjlari. – 2007.

Bobojonova F. Buxoro amirligida ta’lim tizimi (XIX asr oxiri – XX asr boshlarida). – Toshkent: Adib nashriyoti, 2014. - 128 b.

Sadriddin Ayniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926.

Jadid.uz

Ziyo.uz

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-16