ELEKTRON TIJORATNING MILLIY IQTISODIY TARAQQIYOTGA TA`SIRI TADQIQI
Abstrak
Elektron tijoratning afzalliklari: quyidagi afzalliklar bilan ajralib turadi: kengroq bozor: elektron tijorat orqali ishlab chiqaruvchilar global bozorga chiqishlari mumkin. Quyiladigan xarajatlarning kamayishi: do‘kon ijarasi va xizmat ko‘rsatish xodimlarining miqdori kamayadi. Tezlik va qulaylik: onlayn xaridlar tez va qulay amalga oshiriladi, iste'molchilar turli mahsulotlarni bir joydan topishlari mumkin. Ijtimoiy aloqalar: internet orqali mijozlar o‘z fikrlarini va sharhlarini qoldirib, savdo jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi. Kamchiliklari: xavfsizlik muammolari: Raqamli tranzaksiyalar va shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar. Mahsulotni ko‘rmaslik: onlayn savdoda foydalanuvchilar mahsulotni bevosita ko‘rmasdan xarid qilishadi, bu esa ba'zan kutilgan natijalarga erishmaslikka olib keladi. Logistika va yetkazib berish muammolari: Mahsulotlarni tez va sifatli yetkazib berish muammolari bo‘lishi mumkin. Elektron tijoratning rivojlanishi hozirda dunyo bo‘ylab iqtisodiy o‘sishni, yangi ish o‘rinlarini yaratishni va raqamli transformatsiyani tezlashtiradi. Bu soha, shuningdek, tadbirkorlik va kichik biznes uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasining "Elektron tijorat to‘g‘risida"gi qonuni;
Fiskal qonunlar
"E-commerce and Economic Development: A Global Perspective" (K. M. G. Prakash, 2018)"Digital Transformation and Economic Growth: Evidence from E-commerce" (G. Peterson, 2020)
"Digital Economy: Business and Society in the Information Age" (Evangelos Kalogeras, 2015)
World Economic Forum