XİZMAT TARTİBİDA YARATİLGAN MUALLİFLİK HUQUQİ ASARLARİ – XORİJİY TAJRİBA
Abstrak
Xizmat tartibida yaratilgan mualliflik huquqi obyektlari — ish beruvchining ko‘rsatmasi yoki buyurtmasi asosida yaratilgan asarlardir. Bu asarlar, odatda, xodim tomonidan amalga oshiriladi, lekin ularning mualliflik huquqi ish beruvchiga tegishli bo‘lishi mumkin. Xizmat tartibida yaratilgan asarlarning huquqiy rejimi, asarlarning ijodiy faoliyat jarayonida kimning asosiy rol o‘ynaganiga, shuningdek, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuvlarga bog‘liq hisoblanadi. Odatda, mehnat shartnomasiga ko‘ra, xizmat tartibida yaratilgan asarlarning huquqlari ish beruvchiga o‘tadi. Bu holat ish beruvchining xodimga ishlash shartlarini belgilashda va ishlagan asarlardan foydalanishda to‘liq huquq berishiga imkon yaratadi, biroq, bunday tartibda yaratilgan asarlarda xodimning mualliflik huquqlari — shaxsiy nomulkiy huquqlari saqlanib qoladi. Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifning asarini asliyatda saqlash, uning nomidan foydalanish va asarning o‘ziga xosligini himoya qilish huquqlarini o‘z ichiga oladi.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. https://lex.uz/docs/-180552
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/ru/docs/-1022944
https://amlegals.com/doctrine-of-work-for-hire-under-the-copyright-law/#
Work for Hire Agreements- I: Understanding the Doctrine Across Jurisdictions
Doctrine of “Work for Hire” under Copyright Law: A Critical Survey of U.K., US, and Indian Cases
https://www.indiacode.nic.in/handle/123456789/1367
Copyright Law of the United States and Related Laws Contained in Tıtle 17 of the United States Code. december 2022.