PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL

Mualliflar

  • Ziyomiddin Xojibekov Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli katta o‘qituvchisi Muallif
  • Dilyorbek Mirzaliyev O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti, safdor Muallif

Abstrak

Bugungi kunda jamiyatda huquqni himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda sodir bo‘layotganijtimoiyva huquqiy muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy profilaktika tizimi o‘zining ahamiyatini kundan-kunga orttirib bormoqda. Mahallalar, shuningdek, huquqni ijro etuvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika faoliyati, aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Ijtimoiy profilaktika, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni oldini olishvaijtimoiy muhitda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliyotdir. Bunda, huquqbuzarliklarning oldini olish, salbiy xulq-atvorlarni kamaytirish, aholining ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va jamiyatdagi turli guruhlarni himoya qilish maqsadlari kuzlanadi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshiriladigan bu jarayon, mahallaraislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisi kabimas’ul shaxslarning o‘zaro hamkorligini talab etadi.

Nashr qilingan

2024-12-23

Iqtibos keltirish tartibi

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL. (2024). Zamonaviy Dunyoda Ijtimoiy Fanlar, 3(Maxsus son 12), 68-71. https://in-academy.uz/index.php/ZDIF/article/view/14139