ILMGA BAG’ISHIDA UMR¬-SHORAXMETOV SHOAKBAR SHORUSTAMOVICH
;
Huquqshunos, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist, fuqarolik protsessual huquqi, nomzodlik dissertatsiyasi, ilmiy faoliyat, pedagogik faoliyat, darsliklar, ilmiy meros, huquqshunoslik fani.Abstrak
Ushbu maqolada O'zbekiston huquqshunoslik sohasining atoqli namoyandasi, "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist" unvoniga sazovor bo'lgan Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovichning hayot yo'li va ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan. Maqolada olimning 1931-yildan 2006-yilgacha bo'lgan hayot yo'li, uning huquqshunoslik sohasiga kirib kelishi, amaliy va nazariy faoliyati, erishgan yutuqlari hamda O'zbekiston huquqshunoslik fani rivojiga qo'shgan hissasi atroflicha tahlil qilingan. Shoakbar Shoraxmetovning "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi, Toshkent davlat yuridik institutidagi pedagogik faoliyati, fuqarolik protsessual huquqiga oid 150 dan ortiq ilmiy maqolalari va 8 ta darslik hamda o'quv qo'llanmalari yaratganligi qayd etilgan. Olimning ilmiy merosi zamonaviy huquqshunoslik fanining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlangan.
Iqtiboslar
"Sud huquq islohotlari sharoitida fuqarolik sud ishlarini yuritishning dolzarb muammolari" ilmiy-amaliy konferensiyalar to'plami. Toshkent, 2011. - 282 b.
Shoraxmetov Sh.Sh. Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik. - Toshkent: TDYI, 2001.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'n yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni.
Shoraxmetov Sh.Sh. "Rasionalizatorlik takliflarining huquqiy tartibga solinishi" nomzodlik dissertatsiyasi. - Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti, 1965.
O'zbekiston yuristlari. Ma'lumotnoma. - Toshkent: Adolat, 2005.