ELEKTRON TIJORAT SHARTNOMALARI BO‘YICHA FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIKNI QO‘LLASHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Abstrak
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning jadal sur’atlarda rivojlanishi ushbu sohadagi shartnomaviy munosabatlar ko‘lamini kengaytirib, ulardan kelib chiquvchi nizolar sonining ortishiga olib kelmoqda. Bu holat elektron tijorat shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llashning samarali huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda mavjud muammolarni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish zaruratini kuchaytirmoqda. Ayniqsa, 2022-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni [1] ushbu sohaning huquqiy asoslarini yangilab, javobgarlik masalalariga tizimli yondashuvni talab etadi. Ushbu tezisning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ilmiy manbalar asosida elektron tijorat shartnomalari bo‘yicha fuqarolik-huquqiy javobgarlikning nazariy asoslari, subyektlar majburiyatlari, javobgarlik turlari va uni qo‘llashning amaliyotdagi o‘ziga xos jihatlari hamda muammolarini tahlil qilishdan iborat.
Iqtiboslar
O‘RQ-792-сон 29.09.2022. Elektron tijorat to‘g‘risida - LEX.UZ, https://lex.uz/docs/-6213382
Elektron tijorat subyektlarining milliy reyestri, https://e-tijorat.uz/uz
Mamadaliyeva, Z. M. (2023). Elektron tijorat subyektlari huquqiy maqomini takomillashtirishning istiqbollari. Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi. https://in-academy.uz/index.php/yo/article/download/20942/14064/19399
Dehqanov, R. (2024, December 12). Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari. Yuristlar malakasini oshirish markazi. https://uzmarkaz.uz/news/istemolchilar-huquqlarini-himoya-qilish-masalalari
Sarabdeen, J. (2025). Hear or not to hear: A comparative analysis of jurisdiction of the courts in e-commerce disputes. Journal of Ecohumanism, 4(1), 1394–. https://doi.org/10.62754/joe.v4i1.5950,
Redfearn, N., Nguyen, K., Pham, H., Truong, M. A., Baranda, E. J., Loyola, J. S., Thammasujarit, P. (K.), Tobarasi, A. (R.), Anushka, A., & Phang, M. (2024, December 16). Intermediary liability for counterfeit goods in ecommerce marketplaces in SEA. Rouse.