ROVIY – SARGUZASHT ADABIYOTINING FALSAFIY KALITI

Authors

  • Dilnoza Xamroyeva Author

Keywords:

roviy, sarguzasht janri, subyektiv hikoya, ramziy qatlam, “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar”, Ahmad A‘zam, falsafiy izlanish

Abstract

Ushbu maqolada sarguzasht adabiyotida roviy obrazining badiiy-falsafiy funksiyasi tahlil qilinadi. Ahmad A‘zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” asari asosida roviyning voqealar zanjirini birlashtiruvchi, ramziy qatlamlarni ochib beruvchi va o‘quvchini real hamda xayoliy olam o‘rtasidagi chegara nuqtasiga olib boruvchi markaziy obraz sifatidagi roli yoritiladi. Roviyning subyektiv hikoyasi orqali voqealarning faqat tashqi syujeti emas, balki ularning ichki mantiqiy va falsafiy asoslari ham ochib beriladi. Maqolada roviy obrazining sarguzasht janriga xos jihatlari, uning ichki kechinmalari, ramzlar bilan ishlashi va o‘quvchida mustaqil talqin qilish zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omil sifatidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

References

Quronov D., Mamajonov Z.,Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati. Akademnashr. Toshkent. – 2013.

A’zam A. Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012.

Вулис А. 3. В мире приключений. Поэтика жанра. - Москва.: Советский писатель, 1986.

Хотамов Н. Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. Тошкент. Ўқитувчи.- 1983.

Published

2025-06-18

How to Cite

ROVIY – SARGUZASHT ADABIYOTINING FALSAFIY KALITI. (2025). Social Sciences in the Modern World, 4(15), 52-54. https://in-academy.uz/index.php/ZDIF/article/view/14435