OʻZBEK SHE’RIYATIDA EVOKATIVLIK VA EMOTIVLIKNING UYGʻUNLIGI
Keywords:
emotivlik, evokativlik, o‘zbek she’riyati, hissiy ta’sir, obrazlilik, metafora, ramz, ritorik vositalar, kognitiv-pragmatik yondashuv, estetik ta’sirchanlik.Abstract
Mazkur tezisda o‘zbek she’riyatida emotivlik va evokativlikning o‘zaro uyg‘unligi tahlil qilinadi. Emotivlik shoirning ruhiy holati va kechinmalarini ifodalash vositasi sifatida, evokativlik esa o‘quvchida obraz, assotsiatsiya va hissiy rezonans uyg‘otish xususiyati sifatida izohlanadi. Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni…” she’ri asosida emotivlikni yuzaga keltiruvchi leksik, sintaktik va fonetik vositalar, shuningdek, evokativlikni kuchaytiruvchi metafora, ramz va ritorik usullar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida emotivlik va evokativlik uyg‘unligi o‘zbek she’riyatining ta’sirchanlik va estetik qudratini belgilovchi asosiy omil ekanligi ilmiy xulosa sifatida ta’kidlanadi.
References
Abdulla Oripov. Saylanma. – Toshkent: Sharq, 2001.
Hojiahmedov A. O‘zbek she’riyati poetikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
Jakobson R. Linguistics and Poetics. – Cambridge, MA: MIT Press, 1960.
Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 2003.
Mamajonov A. Til va badiiyat. – Toshkent: Fan, 2010.
Yo‘ldoshev Q. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002.