AMIR TEMUR DAVRIDA ILM-FAN TARAQQIYOTI
Abstrak
Amir Temur davrida ilm-fanning taraqqiy etishiga ta’sir kо‘rsatgan omillar haqida gapirar
ekanmiz, birinchi navbatda, Sohibqironning mamlakatda qat’iy tartib о‘rnatishga erishganini,
har bir ishni, shu jumladan, ilm va ta’lim ishlarini belgilangan qonun va qoidalarga muvofiq
amalga oshirganini, bu qonun-qoidalarni esa saltanatdagi kishilarning turli xil toifalari bilan
bog‘lab tuzganini ta’kidlab о‘tish zarur. Bu haqda “Temur tuzuklari”da quyidagi sо‘zlar
bitilgan: “Saltanatim martabasiga zebu ziynat berdim. Saltanatimni о‘n ikki toifaga bо‘lib,
ularga tayangan holda ish yurgizdim. Saltanatim qonun-qoidalarini ham ana shu о‘n ikki
toifaga bog‘lab tuzdim” [1]
Iqtiboslar
Temur tuzuklari. – T., 1991. – B.64.
Maxsudov D. Amir Temur saltanatida ilm-fan rivoji xususida // Temuriylar davri:
tadqiqotlar va muammolar. – T.: “Navrо‘z”, 2014. – B.226-228.
Choriyev A. Sohibqiron ma’naviyati. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2021. – B.53.