SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILAVIY MUNOSABATLARNI TARKIB TOPTIRISHGA OID QARASHLARI
Abstrak
Oila- jamiyatning eng katta bo’gimi bo’lib, u qon-qarindoshlik, nikoh orqali yoki birga istiqomat qilish orqali bog’langan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Jamiyatimizga yukasak ilmli, tarbiyali shaxs hamda kerakli inson yetishtirib beruvchi ilmiy maskanning boshlang’ich nuqtasi bu -oiladir. Oila mehr - muhabbat, jipslik, birdamlik, manbaidir. Ana shu o'zbekona qadriyatlar asosida jamiyat rivojlanib boradi. Haqiqatdan ham asrlar davomida sharqona va milliy tarbiyada shaxsning umuminsoniy umummadaniy dunyoqarashi shakllanishi albatta oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning tarbiyasida asosan oilaviy va ijtimoiy muhitga e’tiborimizni doim qaratgan holda amaliy tavsiya berib turishimiz kerak. Tarbiya hamda sharqona madaniyat urf odat va qadriyatlarimiz - ota bobolarimiz tomonidan qadrlangan eng buyuk hislatlarning oilada farzandlarga singdirish asosida yuzaga chiqib boradi.