O‘ZBEKISTONDA BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET MABLAG‘LARI BO‘YICHA DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI VA NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • ALISHER KURBANOV Muallif

Abstrak

Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishida davlat budjeti muhim o‘rin tutadi. Budjet mablag‘larining samarali boshqarilishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. O‘zbekistonda budjet mablag‘larini boshqarish jarayonida, ayniqsa, davlat tashkilotlari tomonidan kreditor va debitor qarzlarining hisobi va nazorati dolzarb masalalardan biridir. Kreditor va debitor qarzlarining samarali boshqarilishi budjet tashkilotlarining moliyaviy intizomini oshiradi, davlat mablag‘laridan oqilona foydalanishga imkon yaratadi va budjetni maqbul darajada barqaror saqlashga yordam beradi. Ushbu maqolada O‘zbekiston tajribasi hamda xalqaro amaliyotda budjet tashkilotlarida mablag‘larni boshqarish va qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Nashr qilingan

2024-09-24

Iqtibos keltirish tartibi

O‘ZBEKISTONDA BUDJET TASHKILOTLARIDA BUDJET MABLAG‘LARI BO‘YICHA DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI VA NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH. (2024). Zamonaviy Dunyoda Ilm-Fan Va Texnologiya, 3(10), 78-80. https://in-academy.uz/index.php/ZDIFT/article/view/21148