O’ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASININIG RIVOJLANISHINI HOZIRGI HOLATI
Ключевые слова:
islomiy moliya, an’anaviy moliya, iqtisodiyot, investitsion faoliyat.Аннотация
Bugungi kunda ko‘plab moliyachilar islomiy moliya milliy iqtisodiyotning yuksalishi, O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidlamoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan 2020-yil boshida “O‘zbekistonda islomiy moliyaviy mahsulotlar tahlili” sarlavhasi ostida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sabablari, birinchi navbatda, diniy qarashlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, yuqori foiz stavkalari va kredit berishning murakkabligi bank kreditlarining amalga oshirilmasligining boshqa sabablari sifatida ko'rsatilgan. Shuningdek, agar mamlakatda islomiy moliya institutlari tashkil etilsa, yuqoridagi so‘rovda ishtirok etgan respondentlarning aksariyati ta’kidlaganidek, O‘zbekiston tadbirkorligi ushbu institutlarning xizmatlaridan foydalanar edi. Islomiy moliya O‘zbekiston iqtisodiyoti va ichki investitsiyalar o‘sishi uchun kuchli turtki bo‘lishi mumkin. Biroq, O'zbekistonda islomiy moliya sektori Markaziy Osiyoning boshqa qo'shnilariga nisbatan hali ham nisbatan rivojlanmagan, garchi mamlakat rivojlanish uchun katta salohiyatga ega. Buni yirik xalqaro moliya institutlari ekspertlari e’tirof etishdi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, ushbu tezisda O‘zbekistonda islom moliya sektori rivojlanishining bugungi holati, kutilayotgan vazifalar va uning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun huquqiy tizimni joriy etish zaruriyati ko‘rib chiqiladi.
Библиографические ссылки
www.islommoliyasi.uz;
O.Akhmadjonov, A.Abdullaev, J.Anvarov, S.Ismoilov. ISLOM MOLIYASI// scientific progress. Vol 3. Issue 2. 2022y. 45-b
Islomiy moliya asoslari – E.Baydaulet, H.Hasanov. Toshkent: O’zbekiston NMIU.2019.17.18-b.