SUD MAJLISIDA GUVOHNING PROTSESSUAL MAQOMINING HUQUQIY ASOSLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT
;
Guvoh, protsessual maqom, jinoyat-protsessual huquq, sud majlisi, guvoh huquqlari, guvoh majburiyatlari, guvoh xavfsizligi, JPK, xalqaro standartlar, majburlov chorasi, qasamyod, tergov, so‘roq, advokat, tarjimon.Abstrak
Ushbu tezisda guvohning sud majlisidagi protsessual maqomi, uni belgilovchi huquqiy asoslar, huquq va majburiyatlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi asosida guvohning suddagi ishtiroki, uning huquqlari, majburiyatlari va xavfsizligini ta’minlashga oid me’yoriy-huquqiy kafolatlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar tajribasi asosida guvoh maqomini yanada mustahkamlovchi huquqiy normalarni milliy qonunchilikka joriy etish zarurati asoslab berilgan. Tezisda guvohning faoliyati bilan bog‘liq zamonaviy yondashuvlar, xalqaro huquqiy standartlar va amaliy masalalar chuqur tahlil qilinadi. Ishda guvoh maqomini mustahkamlash va sud muhokamasining adolatli yuritilishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – Toshkent, 2024.
O‘zbekiston Respublikasining “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019-yil 14-yanvar.
Jurayev I.B. “Jinoyat protsessi nazariyasi”. – Toshkent: TDYuI nashriyoti, 2022.
Niyozov M. “Jinoyat-protsessual huquq: nazariya va amaliyot”. – Toshkent: Adolat, 2021.
Bayev M.O. “Protsessual majburiyatlar va ularning javobgarlik bilan bog‘liqligi”. – Yuridik fanlar jurnali, 2020, №3.
Ukraina Jinoyat-protsessual kodeksi. – Kyiv: Юридична література, 2021.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Moskva: Проспект, 2020.
Qozog‘iston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – Nur-Sultan, 2022.
Armaniston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Yerevan, 2021.
Moldova Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – Kishinev, 2021.
Normativ-huquqiy hujjatlar milliy bazasi (lex.uz) – www.lex.uz