MAHALLABAY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING IJTIMOIY VA IQTISODIY BARQARORLIKKA QO‘SHGAN HISSASI

Mualliflar

  • XABIBULLO ABDUALIMOV O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati G’aznachilik xizmati boshqarmasi Payariq tumani G’aznachilik xizmati bo‘limi davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassisi Muallif

;

mahallabay xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy barqarorlik, xizmatlar sifati, ish o‘rinlari, mahalliy iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqobatbardoshlik.

Abstrak

Ushbu tadqiqot "Mahallabay xizmat ko‘rsatish tizimining ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sektorining mahalliy jamoalarga, iqtisodiyotga va umumiy barqarorlikka ta’sirini o‘rganadi. Mahallabay tizimda xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi, nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanishiga ham xizmat qiladi. Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sektorining ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va jamiyatning barcha qatlamlariga teng imkoniyatlar yaratishdagi o‘rni tahlil etiladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish tizimining mahalliy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi, bozorni diversifikatsiyalash, yangi xizmatlarni yaratish va ijtimoiy farovonlikni oshirishga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqiladi. Mahallabay xizmat ko‘rsatish tizimining rivoji, raqobatbardoshlikni oshirish, innovatsion yondashuvlar va barqaror iqtisodiy o‘sishning ta'minlanishiga yordam beradi.

Iqtiboslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-sonli Farmoni. -T. : “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2022-yil, 28-yanvar – https://lex.uz/uz/docs/–5841063

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ–104-sonli “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori.

Jabborov, M., Nazarov, A. (2020). Xizmat ko‘rsatish sohasini raqamlashtirish: O‘zbekistonning tajribasi va istiqbollari. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti nashriyoti.

Kamilov, A., Abdullaeva, D. (2021). Xizmat ko‘rsatish sektori va iqtisodiy o‘sish: Samarqand va boshqa hududlar misolida. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Yuldashev, A., Rakhimov, T. (2020). Mahallabay xizmat ko‘rsatish tizimi: Samarqand viloyati misolida tahlil va takliflar. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Nashr qilingan

2025-05-10

Iqtibos keltirish tartibi

MAHALLABAY XIZMAT KO‘RSATISH TIZIMINING IJTIMOIY VA IQTISODIY BARQARORLIKKA QO‘SHGAN HISSASI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Ilm-Fan Va Texnologiya, 4(10), 60-65. https://in-academy.uz/index.php/ZDIFT/article/view/21561