“SHUM BOLA” ASARIDA XARAKTERLAR QISMATINING O‘ZARO TUTASHLIGI
Abstrak
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Shum bola va Omon ayricha xarakterdagi bolalar. Omonga xos xislatlarda xushchaqchaqlik emas, balki birmuncha jiddiylik kuzatiladi. Tursunboy akaning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lgan bu bola onasidan erta ajrab, yetimlik azoblarini totib ko‘rgan, hayot ancha ulg‘aytirib qo‘ygan o‘spirindir. Buning ustiga u Shum boladan biri-ikkiyosh kattaroq bo‘lib, Omon ko‘rgan bilganning ko‘zicha quruq qo‘l bilan uyga borishdan or qiladi. Shum bolaning falsafasi, fikr-mulohazalari ilk bor uydan chiqib ketgan paytidagidan ancha o‘sganligi, hayot uni ulg‘aytirib qo‘yganligi ma’lum bo‘ladi. Shunga bog‘liq
tarzda qissaning uslubidagi epik tasvir yetakchiligi lirizm bilan almashina boradi. Bu esa nosirga xalq turmushining turfa jihatlarini kengroq yoritish, xarakterlar ruhiyatini teranroq ko‘rsatish imkonini beradi.
Iqtiboslar
G‘. G‘ulom. Tanlangan asarlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012.
G’afur G’ulom. Mukammal asarlar to’plami. 10-jild. Tarjimalar
G’afur G’ulom. Shum bola qissasi. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.
Mamajonov S. G‘afur G‘ulom prozasi. – T.: Fan, 1966 – B. 50
G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. 6 tom. – T.: Fan, 1986
Matyoqubova T. G‘afur G‘ulom badiiyati. – T.: Fan va texnologiya, 2006
Nazarov B. G‘afur G‘ulom olami. – T.: Fan, 2004.
G‘afur G‘ulom zamondoshlari xotirasida. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2003