DIALOG ORQALI MUALLIFGA XOS INDIVIDUAL DUNYO TASVIRINING NAMOYON BO‘LISHI

Mualliflar

  • Kamola Abdulloyeva Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti Muallif

Abstrak

Darhaqiqat, muallifning individual tasvir uslubining tahlilida monolog qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, dialog ham muhim o‘rin tutadi. Monolog bevosita muallif tomonidan ifodalanib, asosan, estetik hamda kognitiv funksiyalarga ega bo‘lib, e’tiborni tortish, muallifning vaziyatga nisbatan munosabatini ifodalash, qahramonning psixologik holatini aks ettirish kabi bir qancha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, dialog asardagi qahramonlar nutqi orqali muallifga xos xususiyatlarni ochib berishga xizmat qilish bilan birga monologdan farqli o‘laroq kommunikativ, ya’ni pragmatik va interpretativ funksiyalarni ham aks ettirishi mumkin. Zotan, monolog ham, dialog ham bir muallifning ijod mahsuli bo‘lib, ular asarning izchilligini ta’minlashga, qahramonlarning ichki olami, o‘y-fikrlari, xarakterini aks ettirish imkon beradi.

Iqtiboslar

Беляева П. А. Лингвистический анализ диалогической речи в художественном тексте: дисс. … канд. филол. наук. – М., 2005. – 172 с.

Luisa May Alkot “Marjorie’s Three Gifts”

Nazar Eshonqul “Urush odamlari”

Nashr qilingan

2024-06-30

Iqtibos keltirish tartibi

DIALOG ORQALI MUALLIFGA XOS INDIVIDUAL DUNYO TASVIRINING NAMOYON BO‘LISHI. (2024). Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 3(7), 132-134. https://in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/16921