AFV ETISH INSTITUTINING HUQUQIY VA IJTIMOIY-AXLOQIY AHAMIYATI
Abstrak
Yangi O‘zbekistonda inson huquqlari, erkinliklari va sha’nini ta’minlash, shaxs manfaatlarini qonun ustuvorligi asosida himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur jarayonda insonparvarlik prinsipi huquqiy islohotlar va qonun ijodkorligi faoliyatining yetakchi g‘oyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu prinsip har bir qonun normasi va davlat boshqaruvi qarorlarida, xususan, jinoiy jazolarni qo‘llash va ijro etish sohasida yaqqol aks etmoqda. Jazoning muqarrarligi bilan birga uning adolatli, insonparvar va qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan mexanizm sifatida tatbiq etilishi yangi huquqiy maktabning muhim xususiyati hisoblanadi.
Nashr qilingan
2025-06-24
Nashr
Bo'lim
Maqolalar
Iqtibos keltirish tartibi
AFV ETISH INSTITUTINING HUQUQIY VA IJTIMOIY-AXLOQIY AHAMIYATI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 4(22), 132-133. https://in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/17508